Pul muomalasi haqida

Assalomu alaykum! Biz Misrda ta’lim olamiz o‘qishimiz bir oylik to‘lovi 200$ belgilaganmiz. Biz bu bullarni junayhga almashtirib to‘laymiz dollor qabul qilishmaydi. Kursning doimiy o‘zgarib turishi natijasida men oylik to‘lovni 200$ ni 3140 junayh bersam ertaga boshqa tolib 200$ ni 3180 yoki 90 qilib beradi. Savolim Shu oylik to‘lovni amalga oshirishda shubxa yo‘qmi? Yoki biz to‘lovni junayhda kelishib to‘laylikmi masalan bir oy uchun 3100 qilib belgilab?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘p davlatlarning qonunlarida ajnabiy valyutalarda muomala qilish qonunda ta’qiqlangan. 200 dollarda kelishib, to‘lov kunida kurs bo‘yicha boshqa valyuta(pul birligi)da olishga shar’an mone’lik yo‘q. Shuning uchun to‘lovdagi tafovutning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar