Nohalol restoranda yuvilgan idishlar hukmi

Assalomu alaykum! Biz Evropadagi davlatlardan birida yashaymiz. Halol bo‘lmagan go‘sht va spirtli ichimliklar sotiladigan kafe va restoranlarda faqat suv, meva sharbatlari, kofe ichishning hamda faqat sabzavotlardan tayyorlangan salatlar eyishlikning hukmi qanday? Odatda restoranlardagi idish, stakan, piyola, sanchqi-qoshiqlar mashina yordamida yuviladi. Bunday mashinalar ichida 20-30litr atrofida issiq suv va dezinfeksiya qiluvchi suyuqliklar aralashmasi bo‘ladi. Bu aralashma kun davomida hamma idishlarni yuvish uchun ishlatiladi va odatda kech kirgandagina yangi suv bilan almashtiriladi. Idish yuvadigan mashina avval shu tayyor aralashmani ishlatadi va dastur oxirida toza suv bilan bir marta chayqab yuboradi. Idishlarda ichimlik-ovqat qoldiqlari qolmaydi lekin shu ishlatiladigan aralashmaning o‘ziga aroq-vino, nohalol go‘sht qoldiqlari tushib, uni ham makruh qilmaydimi? Bunday idishlardan taomlanish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgandek yuvilsa va idishda taomning asorati qolmasa, shisha va sirli idishlarni ishlatsa bo‘ladi. Shariatimizda harom taom yoki ichimliklarda ishlatilgan sirli idishlarni suvda uch bora yuvilsa pok bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar