Qur’onni ushalb qasam ichish
Assalomu alaykum! Qur’onga qasam ichish xaqida so‘ramoqchidim. Mani yaqin dugonalarim man xaqimda bo‘xton yolg‘on gaplarni gapirib sovchilarni qaytargan. Uni narigi sherigi aytib qo‘ydi, keyin man xammasini onamga aytib berdim. Ularni uyga chaqirdik, ikkalasi xam bir biriga “san ayting, san ayting” deb to‘nkashdi. Keyin biri qasam ichaman deb aytdi, oyim Qur’on olib kirib “bunga qasam ichsa yomon bo‘ladi” deb ogohlantirdila, lekin ular qo‘rqmay biri “erga tegolmay” biri esa “befarzand o‘tay” deb qasam ichdi. Man onam bilan qo‘rqib ketdim. Mana 3 yildan oshdi xali erga tegmadi, biri bolalik bo‘lmadi. Man esa turmushga chiqqanman, xomladorman, shunga xayolimdan ketmaydi. Bunda onam ikkalamizni gunoximiz bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor. Ularga rahm qilish kerak edi. Inson bunchalar berahm bo‘lmasligi kerak. Ularning haqqiga duo qilinglar. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 07:00 | Savol-javoblar | 174 | Qur’oni karim