Do‘kondagi holat
Assalomu alaykum! Ota-onamning do‘koni bor. Oldinlari sigaret va nos sotilardi. Anchadan beri sotilmay qo‘ygan. Lekin o‘shanda sigaretni puli savdoga qo‘shilar va sotish to‘xtatilganda ham savdoga qo‘shilib ketgan. Undan keyin 3 Marta tashqaridan 10 va 20 milliondan savdoga pul kirgazildi. Hozir ko‘nglim g‘ash, nima qilsak bo‘ladi. 2) Hozir harom narsalar sotilmasada kalbasa mahsulotlari sotiladi. Kalbasa firmasi halol sertifikatini olib kelib bergan ammo uni ularga kim bergan bilmayman. Firmaning o‘zidan sorasangiz halol deydi. Ammo bu bilan ish bitmaydi desam uydagilar tushunishmaydi. 3)Adashmasam javoblariylarning birida halol narsa sotilsada harom pul olinsa joiz emasligini aytgansizlar. Bir xaridorning xotini va bolalari qarzga narsa olib ketishadi. Ammo u xaridor optomda sigaret bilan shug‘ullanadi(sotish bilan). 4). Men uyda ota-onam bilan turaman Uyda qilingan ovqatlarni esam bo‘ladimi. Dokondan qarzga deb narsa olsam va oyligimdan bersam bo‘ladimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shubhalansangiz o‘shancha pul miqdorni savob umid qilmasdan faqir-miskinlarga tarqatib yuboring.2). Biz ham kimlar berganini bilmaymiz.3). Halol narsa ham sotsa yoki halol joydan keladigan puli bo‘lsa u bilan savdo qilishingiz joiz.4). Haloldan bo‘lsa, albatta bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 06:00 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat