Savol va taklif

Assalomu alaykum! Men bir masala bo‘yicha so‘ramoqchi va bir taklif bilan murojaat qilmoqchi edim. Masalan ko‘p insonlarda bir savol juda qiynaydi xosatan o‘zimda xam. Oldinlari taxminan 10-15 yil oldin kimdurni pulini olib qaytarmaslik, o‘g‘rilik qilish, omonatini bermaslik, topib olingan pullar va xokazo... Ayniqsa so‘ngi vaqtlarda shu kabi savollar ko‘payib qoldi. Rus millatidagi odamlardan olganmiz egasini topishni iloji yo‘q nima qilaylik kabi savollar (meni xam shu savol qiynaydi). Xozir Alxamdulillax ko‘p insonlar birovni xaqqidan qo‘rqadigan bo‘lib qolishgan va oldingi qilingan gunoxlarini yuvish maqsadida qarzlari bor insonlarni topishga imkonlari yo‘q yani topsam berer edim afsus topa olmayapman deb nadomatda yurishadi. Men bir taklifni bermoqchi edim albatta sizlarni ijozatingiz bilan. Masalan bir taniqli shaxs (Blogger, jurnalist, shu kabi kishilar)ga murojat qilinsa va ular o‘z auditoriyalarida xolis Alloh uchun elon qilsalar. "Masalan 2012-yil qish oylarida Alayskidagi palonchi bankda malum pul (dollar) tushirib qoldirilgan aniq qaysi bankdaligi va qancha summa ekanligini aytgan odamga omonatini oborib beramiz, "Masalan 2015 yil chilonzor palonchi kv da palonchi domda uyida ishlagan ustalar bor edi xaqqi bizda qolgandi Alloh uchun uzur aytib, omonatini bermoqchi edik aniq summasini va nima ish qilganinini aytsa olib borib beramiz" shunga o‘xshagan elonlar. Buni ruscha i o‘zbekchada elon qilinsa. Agar bu ishlariga xaq so‘rashsa xaqqini xam berishga tayyorlar bor. Men shu taklifni bermoqchi edim. Faqat bir masala bor agar musulmonga zarar etadigan tomonlari bo‘lsa yana maslaxat qilib to‘g‘ri yo‘nalish qilib ko‘rsa bo‘ladi. Albatta kamchiliklari bor Allohni izni bilan to‘ldiriladi. Shu masala juda ko‘p musulmon birodarlarimizni qiynab keladi. Zora shu proekt, o‘xshab musulmonlarga manfaati tegib qolsa degan umidimiz bor edi inshaAlloh. Shu ishni yo‘lga qo‘ysak bo‘ladimi ustozlar? Agar yana kamchiliklari bo‘lsa sizlarning xam maslaxatingiz juda zarur bizga. Alloh xammalarimizni xuzuriga pok xolda borishimizni nasib aylasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar