Odam peshobi bilan davolash

Assalomu alaykum! Peshobdan poklanmaslik haqida hadis o‘qib bir savol paydo bo‘ldi. Man yoshligimda boshimga qaynoq choy to‘kilib kuyib qolgan edim. Bilmasligim tufayli o‘sha  kuygan erga peshob tekkazib davolaganmiz. Peshobdan tozalanmaslik haqida hadis va peshobga bog‘liq narsalani bilganimdan keyin qo‘limdan kelgancha amal qilishga harakat qilmoqdaman. Man o‘sha davolanish tufayli gunohkor bo‘ldimmi? Odam peshobi bilan davolanish mumkinmi? Yana ba’zi insonlar peshob qonagan joyga surtalsa yoki teqqazilsa qon oqishini to‘xtatadi deyishadi shu mumkinmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mumkin emas. Odatda Alloh taolo har bir ishda joiz va nojoizni belgilab qo‘ygan. Kasalliklarga ham halol va haromdan davolarni chiqarib qo‘ygan. Bu insonni imtihon qilish uchundir. Afsuski ko‘pincha odamlar halol haromligiga emas davo bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar. Joiz va nojoizdan nojoiziga amal qiladilar. Holbuki har qanday vaziyatni ham joiz echimi va har qanday kasallikni ham halol davosi bordir. Bo‘lgan ishga istig‘for ayting. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar