Noshar’iy sevgi

Assalomu alaykum! Ilmsizlik qilib, xirsga berilib, shaytonni vasvasasiga quloq solib noshariy sevgiga kushandasiga aylanib bir qiz bilan gaplashganman. Alloh gunohlarimizni mag‘firat qilsin, kunlar o‘tib bunday sevgi noto‘g‘ri ekanligini ko‘nglim seza boshladi, tizimdan aynan menga taaluqli mavzulardagi javoblarni oldim, zino qarz ekanligini bildim. Bo‘layotgan ishlardan juda qutilgim keldi. Men bilan munosabatda bo‘lgan qiz menga turmushga chiqishini xohlayotganini seza boshladim. Men bunday zino va xarom munosabatlar jarayonidan so‘ng bunday turmush qurishni xohlamasdim. Qizga munosabatlarni to‘xtatish kerakligini bu shari’at qoralagan munosabat, sevgi to‘ydan keyin bo‘ladi, bo‘layotgan ishlar zino, Allohga tavba qil, zino qarzligini tushuntirib munoasabtni toxtatdim. Ammo u qiz Alloh bandalarini ko‘nglini sindirgan insonni kechirmaydi, sizni kechirmayman va hakazo gaplar bilan "shari’atdan" gapirdi. Ma’siyat ustida turib bunday gaplar gapirish xunuk ko‘rindi, ammo yuragim bir oz g‘ash bo‘ldi. Zino qarz bo‘lib qaytishidan juda qo‘rqaman, Allohga tavba qilaman bunday hodisa ro‘y bermasligi uchun. Xozir yoshlar shari’atni o‘zlariga moslab olib sevgidan olib sevgiga solishmoqda, tabiiyki noshariy sevgi xaromligin tushunishmaydi. Abdulloh (Abdug‘ani) domlani -kimnidir sevishing kerak, Sayyid rohmatulloh Termiziy domlani -insonlar tasodifan uchrashmas ekan kabi gaplarini da’lil qilib olishgan. Tuzatishni o‘zimdan boshladim, ammo noshariy sevgi ya’ni ma’siyat ustida turib bunday munosabatni toxtagan insonga Alloh qalbni sindirgan insonni o‘sha banda kechirmagunicha Alloh ham kechirmaydi degan gapi to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oila qurish engil masala emas. Ma’qul kelmagan bo‘lsa nikohlanmang. Qilgan ishingizning oqibati Allohga havola. Darhol bundan munosabatlarni to‘xtating. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar