Logistika dispetcherlik
Assalomu alaykum! Men bir logistik kompaniyada ishlayman. Bizning ishimiz faqat AQSh davlatining ichida va biz brokerlardan yuk olib o‘zimizning kompaniyamizda ishlaydigan haydovchilarga beramiz. Haydovchilar kompaniyaga har bir olgan yukining ma’lum bir qismini to‘lashadi. Ba’zi hollarda agar yukni qimmatroq olsak haydovchiga ozroq berishimiz ham mumkin (masalan yuradigan yo‘li kamroq bo‘lsa u yukni $1200 ga olsak haydovchiga $1000 deb aytamiz). Qolgan pul kompaniyaga qoladi. Bundan haydovchilarimizning umuman habari bo‘lmaydi. (Biz yukning narxi $1000 deb aytamiz broker shuncha beryapti demaymiz) 1) Shu ishimiz to‘g‘rimi? Topayotgan pulimiz halolmi? Ikkinchi savolim shundan iboratki, ba’zida brokerlardan yuk olayotgan paytimizda brokerlar "team", ya’ni jamoa bo‘lgan haydovchilarni so‘rashadi. Biz unday bo‘lmasa ham "ha, ular jamoa" deb yukni olamiz va soxta jamoa qilib ma’lumotlarni beramiz. Haydovchini ham oldindan ogohlantirib qo‘yamiz. Agar broker telefon qilsa biz jamoamiz sherigim uxlayapti deb aytgin deb. Bu ishlar juda ko‘p sodir bo‘ladi. 2) Bu ishimiz to‘g‘rimi yoki bunday ishda ishlamagan ma’qulmi? Iltimos bu savolimni telegramdagi kanalga ham qo‘ysangiz, chunki hozirda bu ish juda ham ommalashgan va ko‘plab o‘zbek birodarlarimiz ishlab kelishmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma ishingizni yolg‘on aralashtirmasdan ochiq-oydin aytinglar. Shunday qilsangizlar zohiran qaraganda kamroq foyda qilsangizlar ham lekin barakasi bo‘ladi. Zero halol bilan harom teng bo‘lurmi?! Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hamma ishingizni yolg‘on aralashtirmasdan ochiq-oydin aytinglar. Shunday qilsangizlar zohiran qaraganda kamroq foyda qilsangizlar ham lekin barakasi bo‘ladi. Zero halol bilan harom teng bo‘lurmi?! Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:10 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom