Namoz vaqti kirishidan oldin o‘qish

Assalomu alaykum! Namoz vaqti kirishidan 5-10 daqiqa oldin o‘qisa joiz bo‘ladimi? Menda shunday vaziyat bo‘ldi, safarda ketayotgan edim, mendan boshqa yo‘lovchilar ham borligiga ozgina avval namozimni o‘qidim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri taqvimdagi namozning vaqti kirmasidan oldin o‘qilgan namozni vaqti kirganida qayta o‘qib olish shart bo‘ladi. Mashinaga odam olayotganlar yo‘lovchilarga aytib ogohlantirish kerak edi. Namozlarni o‘z vaqtida o‘qish kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar