Qaynonam namoz o‘qishimni xoxlamaydi

Assalomu alaykum! Mening qaynonam namoz o‘qishimni taqiqlab qo‘ydi. Agar namoz o‘qimoqchi bo‘lsang onangni uyida o‘qi deb urishib berdi. Bolanga qara keyinchalik o‘qiyverasang deb turmush o‘rtog‘im xam ruxsat bermayapti. Shunga nima qilishni bilmay qoldim. Dinimizda bunday vaziyatda qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qars ikki qo‘ldan chiqadi. Qaynonangizni shu gapni aytadigan darajaga kelishiga sabablar bo‘lishi kerak. Shularni bartaraf qiling janjal ham chiqmaydi. Ungacha gapiga e’tibor bermasdan uy ishlarini ham vaqtida qilib namozlarni ham o‘z vaqtida o‘qing. Namozga uzr yo‘q, qattiq qotib turib olmasdan ozgina himmat qilsangiz ishlar ham namoz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar