Miyamdagi yomon xayollar
Assalomu alaykum! Bilaman, bunday savollar sizlarga ko‘p marotaba berilgan, lekin domla mendagi o‘y xayolllar oshib tushyaptida. Domla, meni ichimdan shunday o‘y xayolllar o‘tyaptiki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, ularning oilalari, (Qizlari, Ayollari), Sahobalar haqida ham shunchalik so‘kinish, shahvat ishlari kabi shunchalik yomon o‘y xayollar o‘tyaptiki, o‘zimdan nafratlanib ketyapman. Bu o‘y xayoldagi gaplarni tilim bilan aytib yuborganim yo‘q, aytmayman ham in sha Alloh. Ahir u zotni ota onamdan ham yaxshi ko‘raman. U zotning, qizlari, ayollari onamiz bo‘ladi, bu hammamizga ma’lum. Bu gaplarni aytganimdan ko‘ra o‘lib ketganim, jahannam olovida yonganim yaxshi deb bilaman. To‘g‘risi hayotdan ko‘nglim qolib ketdi, yashashga ham qiziqishim qolmayapti. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga odamlar kelib: Yo Rasululloh, qalbimizga shunday o‘y xayollar keladiki, uni aytishni juda og‘ir gunoh deb bilamiz deyishdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Rostdan ham shunday bo‘lyaptimi? dedilar. Ular, xa deyishdi. Mana shu haqiqiy iymondir dedilar. Domla men qanchalik ilm olishga harakat qilyapman, shayton menga shunchalik vasvasa qilyapti. Avvallari domlalarimizning bergan javoblari bilan o‘zimga kelardim. Lekin endi shunday vaziyatdamanki buni tutuntira olmayman. Bundan qanday qutilay domlajon, katta gunohlarga botib ketmadimmikan, nima qilishni bilmay qoldim, iltimos yordam bering.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz biror ahli ilmning huzuriga borib suhbatlariga qatnashing, maslahatlarini oling. Alloh taolo “Shams” surasida marhamat qiladi: فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا 8. Unga fujurini va taqvosini ilhom qildi.
Ushbu oyatda Alloh taolo bandalarining ichiga gunohga boshlovchi unsurni ham taqvoga boshlovchi unsurni ham qo‘yganini bayon qilgan. Inson gunoh ishlarga yaqinlashganda, buzuq narsalarni ko‘rganda, buzuq odamlarga yaqinlashganda fujurga boshlovchi unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Taqvoga sabab bo‘ladigan ishlar, kishilar va nasihatlarga yaqinlashganda taqvo unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Gohida inson avvaldan o‘sha ishlarga bulg‘anib keyin tavba qilgan bo‘lsa har esiga tushganda o‘sha fujurga boshlovchi unsur harakatga kelib qoladi. Bu harakatga kelish ayb emas, bu narsa hammada sodir bo‘ladi. shunday vaqtda taqvoni harakatga keltiruvchi omillarga yaqinlashish kerak bo‘ladi.
Insonda ikki unsur bor. Biri fisqi-fujur qiladigan unsur, ikkinchisi taqvoga boshlaydigan unsur. Inson fisqi-fujurga yaqinlashsa yoki u haqida o‘ylasa fisqi-fujurga olib boradigan o‘sha unsur ishqalanadi, harakatga keladi va ma’siyat sodir bo‘lishigacha olib boradi. Taqvoli insonlarga, pandu-nasihatlarga yaqinlashsa taqvo unsuri ishqalanadi, harakatga keladi va sohibini ham o‘sha ishlarni qilishga undaydi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar, ularni safida bo‘linglar” deb buyurgan. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar