Niyat qanday bo‘lishi kerak

Assalomu alaykum! Men ingliz tilini o‘rganib o‘qituvchi bo‘lmoqchiman. IELTSni o‘gatadigan. Shunda qanday niyat qilsam shariatga muvofiq bo‘ladi? Umuman qaysidir bir kasbni o‘rganmoqchi bo‘lgan odamni niyati qanday bo‘lishi kerak shariatga muvofiq?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning roziligini istab iml o‘rganish kerak. Niyat shu asosda bo‘lsa, qolgan manfaatlar o‘zi keladi. Kim qanday kasb o‘rganishdan qat’iy nazar, shariatga muvofiq, halol kasb qilib Allohning rizoligiga noil bo‘lishni niyat qilish kerak. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar