Platonic relationship gunohmi

Assalomu alaykum! To‘g‘risi ancha o‘ylab sarlavha uchun o‘zbek tilida chiroyli so‘z topa olmadim.  Oksford lug‘atida “platonic relationship” so‘z birikmasiga quyidagicha definition berilgan. Qiz va yigit bir birini chin dildan sevishsa va hayotlarini kelajakda nikoh orqali birlashtirish niyatlari jiddiy bo‘lsa, ular turmush qurmasidan oldin telefon, ijtimoiy saytlar, ba’zida ko‘rishib (yoki har doim, o‘qish yoki ish joylari bir joyda bo‘lsa) gaplashishi haqida fikringizni bilishni xohlardim. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Dinimizda bunday ishlarga ruxsat yo‘q. “Baxtiyor oila” kitobini olib o‘qisangiz juda ko‘p ma’lumot olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:03 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar