YouTube reklamasi

Assalomu alaykum! Hozirda YouTube tarmog‘ida har bitta videoni ko‘rishdan avval reklama qo‘yilayapti. Ba’zida shunday noqulay xolatlar bo‘layaptiki maruza eshitaman deb kirsam reklamasida nomaxramlarni ko‘rsatishayapti. Ayanchlisi xirsni qo‘zg‘atishi ham mumkin bu reklamalar. Shu kabi noqulay vaziyatlrdan saqlanish maqsadida YouTubeni reklamasi yo‘q qilib ko‘rsa bo‘lar ekan. Buning uchun aloxida ilovalar tortilar ekan. Shu tarzda YouTube dagi videolarni reklamasiz ko‘rsak bo‘ladimi? Mualliflik huquqi buzulgan bo‘lmaydimi degan savol tug‘ilayapti?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noshar’iy narsalarni ko‘rsatmaydigan holda ko‘ring. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 174 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar