Birovning maxsulotiga mijoz olib kelish

Assalomu alaykum! Bir saytda sotuvchilar o‘z maxsulotlarini qo‘yishgan va kimdir orqali sotilsa, o‘shanga qancha ulush berishi ham yozilgan. Man mijoz topib beraman ularga. Operatorlari bog‘lanib, o‘zlari etqazib beradi. Maxsulot haqida rasm va video bor. Agar man mijoz topib bersam joizmi? Bu erda man maxsulotni ko‘rmayman va sifatini bilmayman. Ular bergan rasm, video va ma’lumot orqali internet dan mijoz jalb qilaman. Shu ishim uchun haq olishim joizmi? Maxsulot sifatiga va asli qanaqaligiga javobgarmasmanmi? U sayt asosan targetologlar uchun. Biz sotuvchi aytgan narxda mijoz olib kelamiz va u belgilagan haqni olamiz. Ular esa o‘sha maxsulotni gaplashib etqazib beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda yolg‘on guvohlik degan gunoh bor. Buning gunohi o‘ta o‘ta og‘ir. Hozirgi siz aytgan internetda pul ishlashning juda ko‘pi qaysidir kompaniyalarga odam yig‘ish bo‘ladi. Reklama qilib berish kerak bo‘ladi. Bu degani o‘sha kompaniyani mahsulotlariga, ish faoliyatlariga va halol yoki harom ekanligiga guvohlik berishdir. Musulmon odam ko‘r-ko‘rona ish tutmasligi kerak. 10 tsentni deb do‘zaxdan joy sotib olmaslik kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida bundan qattiq qaytarganlar.عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَسُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَالْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِتَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَأَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟ قُلْنَابَلَى يَا رَسُولَ اللهِقَالَالْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِفَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُلَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

30 Dekabr 2023, 13:39 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar