Buyumni sotaman desa sinib qolishi
Assalomu alaykum! Man ko‘p guvohi bo‘ldim shu narsani ya’ni biror odam o‘zining biror buyumini sotaman desa u buyumga qanaqadir shikast etadi yoki biror ko‘ngilsizlik bo‘ladi. Bir kuni amakim moshinamni sotib boshqa moshina olaman degandila ko‘p o‘tmay yo‘lda moshinalari buzilib qoldi, man ham yaqinda kompyuterimni sotaman degandim uni ham bir o‘rtog‘im tushirib qo‘yib sindirib qo‘ydi. Allohim o‘zi kechirsin noto‘g‘ri gap aytgan bo‘lsam, barchasi Allohdan, har bir ishda hikmat bor, shunaqa sotaman deyotganda biror so‘zni aytish kerakmi yoki biror duo o‘qish kerakmi, man buni juda ko‘p guvohi bo‘lganim uchun yozdim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan narsa 1-dan gumon xolos. 2-dan rost bo‘lganida ham Allohning iznisiz uni hech qanday ta’siri bo‘lmaydi. Alloh taolo “Tag‘obun” surasi 11-oyatida marhamat qiladi :مَا أَصَابَ مِن مُّصِيبَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ وَمَن يُؤْمِن بِاللَّهِ يَهْدِ قَلْبَهُ وَاللَّهُ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ"Allohning iznisiz hech qanday musibat etmas. Kim Allohga iymon keltirsa, U Zot uning qalbini hidoyatga solur. Alloh har bir narsani o‘ta biluvchidir".
Allohning qozoi-qadarisiz, ilmisiz hech bir musibat etmaydi, degan e’tiqod inson xotirasida doimo turishi kerak.
«Allohning iznisiz hech qanday musibat etmas».
Nabiy alayhissalom hadislaridan birida: «...Va bilginki, senga etgan musibat adashib, boshqaga o‘tishi mumkin emas, agar boshqaga bo‘lsa, senga etmasdi...» – deganlar.
Mo‘min kishi o‘ziga etgan musibatning Allohning taqdiri – o‘lchovi bo‘lganini tushunib etsa, bu qiyinchilik va musibatlarni oson kechiradi. Chunki uning xotiri jam, ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Musibatga sabr qiladi. Allohdan yordam so‘raydi. Iymonsiz kishi bo‘lsa, musibat etganida sabrsizlik qiladi, turli sabablar axtaradi, g‘am-g‘ussaga botadi va o‘zicha qutulmoqchi bo‘lib, turli zararli usullarni qo‘llaydi.
Mo‘min kishi har qanday ko‘ngilsiz voqea yuz berganda istirjo‘ aytib, sabr qilishi zarurdir. Istirjo‘ «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’un» deyishdan iboratdir. Buning ma’nosi «Biz Allohnikimiz va biz Unga qaytib boruvchilarmiz», deganidir. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadisi shariflarida: «Agar birortangizning kavushingizning bog‘ichi uzilib ketsa ham, istirjo‘ aytsin», – deganlar.
Imom Buxoriy rivoyat qilgan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib: «Mo‘minning ishi ajoyib, Alloh unga nimani qazo qilsa, faqat yaxshilikka bo‘ladi. Agar unga musibat etsa, sabr qiladi. Bu o‘zicha yaxshi. Agar yaxshilik etsa, shukr qiladi. Bu ham o‘zicha yaxshi. Bunday ne’mat mo‘mindan o‘zga hech kimga nasib etmaydi», – deganlar.
Yana “Baqara” surasi 102-oyatida ham :وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِ مِنْ أَحَدٍ إِلاَّ بِإِذْنِ اللّهِ«…ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar etkazuvchi emasdilar».
Ushbu jumlada dunyodagi ishlarning borishi haqidagi islomiy tasavvur o‘z aksini topgan. Ya’ni dunyoda nima ish sodir bo‘lsa, barchasi Allohning izni bilan sodir bo‘ladi. To‘g‘ri, Alloh har bir ishning yuzaga chiqishi uchun sabablarning vujudga kelishini shart qilgan. Ammo o‘sha sabablar ham Allohning izni bilan ta’sir qiladi. Ilmi kalom ulamolari bu ma’noni tushuntirish uchun olovni misol qiladilar. Olovni paxtaga tutsang, paxta kuyadi. U olovdagi kuydirish xususiyati tufayli kuyadimi yoki o‘zidagi kuyishga bo‘lgan qobiliyat tufayli kuyadimi? Chunki olovda kuymaydigan narsalar ham bor-ku. Xullasi kalom, hammasi Allohning izni bilan bo‘ladi. Agar Alloh taolo xohlasa, olovdan kuydirish xususiyatini olib qo‘yadi. U Zot kuydirishga izn bermasa, olov hech narsani kuydira olmaydi. Misol uchun, Ibrohim alayhissalomni mushriklar katta gulxanga tashlaganlarida, Alloh taoloning amri ila u olov Ibrohim payg‘ambarni kuydirmagan.
Shuningdek, sehrgarlar ham sehrni qilishaveradi. Ammo Allohning izni bo‘lmasa, hech kimga zarar etkaza olmaydilar.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar