YouTube kanal ochsam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men YouTube kanal ochmoqchi edim yani igravoy kanal har xil oyinlardi oynab video kilib YouTubega joylab ishimni yuritmoqchidim keyinchlalik YouTubetan pul ishlab kolimdan kelgancha muhtoj oylalarga yordam bermikchi edim shunday kilsam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz foydali ish bilan shug‘ullaning. Muhtojlarga yordam qilish uchun o‘yin o‘ynab, yutubga qo‘yib pul ishlashdan ko‘ra o‘zingizning ham boshqalarning ham vaqtini isrof qilmaydigan, foydali ish bilan shug‘ullanib pul topishga harakat qiling. Bunday boshqa juda qilgan ham ko‘rgan ham foyda oladigan ko‘p ishlar bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar