Fiqh ilmini o‘ranishga maslahatiz va Al-Ashboh van-nazoir kitobi tarjimasi

Assalomu alaykum! Biz ilm talabidagilarga sizlarni ilm eshigi qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin, va Alloh sizlardan rozi bolsin! (Izlash hizmatidan foydalandim) Savolim quydagicha: hurmatli Ustozlar fiqh ilmiga qiziqshim baland, diyorimizdagi qaysi kitoblardan bu ilmni organishni boshlay va nasihat qiling ustoz, va maslahat bering, Hazrat rohimahullohni 《Usulul Fiqh》kitoblarini oldim va hazrat rohimahullohni 《amallar niyatlarga bog‘liqdir》 degan kitoblarida 《Fiqhiy qoidalar》 degan ilm haqida o‘qidim juda qiziq ilm ekan, va bir kitob haqida Ustozimiz rohimahulloh aytganlar: 《 Al-Ashboh van-nazoir》 kitobi ham dars qilib tarjima etilmoqda deganlar shu kitobni tarjimasini qaerdan topsam bo‘ladi, (Hilol ebook) pirogrammasida bormi shu kitob, Usulul Fiqh ilmini va Fiqhiy qoidalar ilmini o‘rganish uchun qaysi kitoblarni o‘qishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqh ilmini chuqur o‘rganish arab tilini puxta bilishni taqozo qiladi. Chunki eng muhim va asosiy fiqhiy kitoblar arab tilidadir. Arab tilini puxta o‘rganib, keyin ushbu ilmga kirishing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 174 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar