Masjidga namozga borish yo‘l uzunligi

Assalomu alaykum! Uyim eng yaqin masjiddan 3.5 km uzoqda, ammo azon ovozi mikrafonda aytilgani uchun bizga xam eshitiladi. Savolim masjidga borishim kerakmi yoki uyda o‘kisam xam bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta masjidga chiqqaningiz afzal. عن أبي مُوسى الأشعريِّ رَضِيَ اللهُ عنه، قال: قال النبيُّ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم: أعظمُ الناسِ أجرًا في الصَّلاة أبعدُهم فأبعدُهم ممشًى، والذي ينتظرُ الصَّلاةَ حتى يُصلِّيَها مع الإمامِ أعظمُ أجرًا مِن الذي يُصلِّي ثم ينامُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarning namozda ajri ulug‘rog‘i – uzoqroqdan yurib keladiganidir va namozni imom bilan o‘qish uchun kutgan kishining ajri namozni o‘qib, so‘ng uxlagan kishidan ulug‘roqdir”, dedilar”. 
Buxoriy rivoyati. عن أبي هُرَيرَةَ رَضِيَ اللهُ عنه قال: قال رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم: مَن تطهَّرَ في بيتِه، ثم مَشَى إلى بيتٍ من بيوتِ اللهِ؛ ليقضيَ فريضةً مِن فرائضِ اللهِ، كانتْ خُطواتُه: إحداهما تحطُّ خطيئةً، والأخرى ترفع درجةً Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Kim uyida tahorat olsa, so‘ngra Allohning baytlaridan bir baytga Allohning farzlaridan bir farzni ado qilish uchun yurib borsa, bir qadami gunohlarini o‘chiradi, boshqasi esa uning darajasini ko‘taradi” dedilar”.
Muslim rivoyati.عن جابرِ بنِ عبدِ اللهِ رَضِيَ اللهُ عنهما، قال: كانتْ دِيارُنا نائيةً عن المسجدِ فأردْنا أن نَبيعَ بُيوتَنا، فنقربَ من المسجدِ، فنهانا رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليه وسلَّم، فقال: إنَّ لكم بكلِّ خُطوةٍ درجةً Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Uylarimiz masjiddan uzoqda edi. Uylarimizni sotib masjidga yaqinroq bo‘lishni istadik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizni bu ishdan qaytarib: “Sizlar uchun har bir (bosilgan) qadam evaziga daraja bor” dedilar.”
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kishiniing jamoat ila o‘qigan namozi uning uyidagi va bozoridagi namozidan yigirma besh barobar ko‘p bo‘ladi. Bundoq bo‘lishining sababi, qachon u yaxshilab tahorat qilsa, so‘ngra masjidga chiqsa. Uni masjidga namozdan boshqa narsa chiqarmagan bo‘lsa, bosgan har bir qadimida, albatta, bir daraja ko‘tarilib, bir gunoh o‘chiriladi. Bas, qachon namoz o‘qisa, madomiki namozgohida turar ekan, agar tahorati ketmagan bo‘lsa, farishtalar unga salovot aytib turadi.
«Ey, bor Xudoyo, unga salovot yuborgin. Ey, bor Xudoyo, unga rahm qilgin», deydilar. Sizlardan biringiz madomiki namozga intizor bo‘lar ekan namozda turgan hisobalanadi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar