Kitoblarni noqonuniy ko‘paytirish

Assalomu alaykum! Men bir Junkeyra degan odamning "Gistologiya asoslari" nomli kitobini bitta shaxsiy printeridan o‘zi ham talaba bo‘lgan talabalarning buyurtmasi asosida elektron kitobni qog‘oz kitob qilib chiqarib beradigan yigitga guruhdoshlarim bilan birga (3 kishi) buyurtma qilgandik. Kitobni elektron shaklini ular berib kelishgandi. Men elektron shaklini ko‘rmagandim. Chiqartirib bo‘lgandan qarasam bunaqa yozuvi bor ekan (kitob o‘zbekchaga tarjima qilingan, asli Amerikada chiqqan) : "Nashr etish huquqi 2013 MakGrov-Hill Edukeyshn tomonidan berilgan. Barcha huquqlar himoyalyangan. 1976 yilda AQSh da qabul qilingan mualliflik huquqi to‘g‘risidagi Qonunda ko‘rsatilgan maqsaddan tashqari, noshirning qo‘lyozma ruxsatisiz bu nashrning biron-bir qismi har qanday ko‘rinish yoki maqsadda qayta nashr etilishi yoki tarqatilishi, ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin emas. ISBN: 978-0-07-180720-3 MHID: 0-07-180720-9 bu elektron kitobdagi materiallar ham nashrda quyidagi shifrga ega: ISBN: 978-0-07-178033-9 MHID: 0-07-178033-5" Birinchi iqtibos tugadi. Ikkinchi iqtibos: Qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar: Bu barcha huquqdari himoya etilgan ish bo‘lib, MakGrov-Hill Edukeyshn va uning litsenziyalari ish ichidagi va ishga tegishli barcha huquqlarni kafolatlaydi. Bu ishning qo‘llanilishi uning shartlariga bog‘liq. 1976 yilning Mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonundan tashqari hollarda ishning biror nusxasini saqlash, mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan ma’noda tarjima qilish, o‘zgartirish, tarqatish, uzatish, sotish, yoki MakGrov-Hill roziligisiz biron-bir qismini nashr etish yoki sublitsenziyalash mumkin emas. Siz kitobni o‘zingizning notijorat va shaxsiy foydalanishingiz uchun ishlatishingiz mumkin, mahsulotdan har qanday boshqa maqsadda foydalanish ta’qiqlanadi. Agar siz ushbu shartlarga ko‘nmasangiz , kitobdan foydalanish huquqingiz to‘xtatilishi mumkin." iqtibos tugadi. 1) Endi nima qilay? Kitobni yuq qilib yuboraymi yoki ishlatishim joizmi? 2) Agar kitoblarda shunaqa ko‘paytirish taqiqlanishi haqidagi yozuvlar bo‘lmasa ularni yuqorida aytganimdaqa ko‘paytirish joizmi? 3)Bir kishi ko‘paytirish ta’qiqlangan kitobni elektron variantini chiqarib yuborsa keyin kimlar qancha chiqarib, ko‘paytirib olaversa gunohi kimlarga qanchalik bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z pulingizga sotib olgan bo‘lsangniz tijorat maqsadidan tashqari ko‘paytirishingiz joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar