Ro‘zaning qazosini tutish
Assalomu alaykum! O‘tgan yili onam ikkalamiz ro‘za tutgan edik. Ro‘za paytida uzrli kunlarimiz qazo bo‘lgan. Ro‘zaning oxirida onam oshqozonlarida yara borligi sababli ro‘zalarini ochdilar. Endi shu qazo kunlarni kelasi ramazongacha tutish kerak ammo onam oshqozonlarida yara bo‘lgani uchun qazo ro‘zalarni hukmi qanday bo‘lishini bilmayaptilar. Qazo bo‘lgan ro‘zalarni tutsalar yana oshqozonlari og‘rishidan va yana ro‘zalarini buzishdan qo‘rqyaptilar. Lekin qazoni qoldirib bo‘lmaydi ham deyaptilar. Endi onam qanday yo‘l tutsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tutsa kasali zo‘rayib ketadigan bo‘lsa qishning qisqa kunlarida qazosini tutib beradi. Albatta davolash choralarini ko‘rish kerak. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:32 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za