Imomlikda niyat

Assalomu alaykum! Javoblarizni o‘qib savol tug‘ildi. Men ko‘pincha ayolim bilan nomoz o‘qib imom bo‘laman, lekin shu vaqtgacha ortimdagilarga imomlik qilgan xolda deb niyat qilmaganman. Falon nomozni o‘qimoqlikni deb niyat qilibman bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imomlikka o‘tayotganingizda orqada jamoat borligini bilgan bo‘lsangiz qalbda niyat hosil bo‘lib namoz durust bo‘ladi, haqiqiy niyat qalbda. Imomni niyat qilib aytadigan maxsus gaplari bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:43 | Savol-javoblar | 156 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar