Holatimni aytsam

Assalomu alaykum! Men bozorda tijoratchiman, savdo Allohimga shukur yaxshi lekin namoz o‘qib tashlab ketganman va ichish tamaki maxsulotlaridan istemol qilmoqdaman. Savdoda yolg‘on ham gapirib turaman, klentga undoq bundoq deb yolg‘on qo‘shaman topayotgan pulim oilam uchun halolmi? Namozni boshlashim kerak lekin ertalab turaolmayabman va savdoham pasaygan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni isloh qiling. Ichish, chekish va yolg‘on gapirishni darhol to‘tating. Tavba qilib, qilgan ishingizga nadomat qilib, boshqa bu ishlarni qilmaslikka azmu qaror qiling.  Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Shunday ekan, namozni hech kanda qilmay o‘qing. Namozni savdo yurishmagani uchun emas, Alloh buyurgani uchun Uning roziligini ko‘zlab o‘qing. Hayotingizni ham savdoingizni ham shariatga muvofiq qiling. Aks holda qiyomatda alamli azob bor. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 191 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar