Oila va Taloq masalasida
Assalomu Aleykum va Roxmatulloxi va Barokatuxu Xurmatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari Sizdan muhim masala to‘g‘risida Maslahat olmoqchiman, iltimos ushbu savolimga o‘zingiz javob bering.Men 3 yil oldin turmush qurganman va bir nafar farzandning otasiman. Allohimga behisob shukur Men ham ayolim ham 5 vaqtli namozni o‘qiydigan Ramazon oyida ro‘za tutadigan oilalardanmiz. O‘tgan yili ya’ni 2008 yil avgust oyida ayolim Allohimga behisob shukur Xijobga kirdi va men bundan bag‘oyat xursand bo‘ldim. Chunki o‘zingizga ma’lum xar bir mo‘’mina ayolga 5 vaqtli namoz va Ramazon oyidagi ro‘za farz bo‘lgani kabi xijobda yurish ham farz hisoblanadi. Agar er kishi ayolini ochiq-sochiq yurishiga yo‘l qo‘ysa Dayus degan hukmda turadi, ya’ni ayolini nomahramlardan qizg‘anmaydiganlardan deb tushuniladi. Dayuslar esa do‘zaxiylardan bo‘lib jannatning xidini ham xidlamaydilar. Darhaqiqat, o‘tgan oy ya’ni aprel oyida bir achinarli voqea yuz berdi. Ayolim mendan beruxsat uyiga ketib qoldi. Bir necha kun o‘tgach xabar olishga bordik va u Xijobni ro‘kaj qilib "Agar xijobni echsam siz bilan yashayman, agar echishga ruxsat bermasangiz siz bilan yashamayman" degan degan shaytoniy gaplar bilan meni ranjitdi. Xijob masalasiga kelsak ayolim xijob xaqida to‘liq ma’lumotga ega deb o‘ylayman. Chunki men bu xaqda xijobga kirmasidan oldin va kirganidan keyin ham Allohning kalomi Qur’oni Karim orqali, Sahih hadislar orqali, xar xil yozma manbalar orqali, Domlalarning xijob xaqidagi mavizalarini SD va DVD disklar orqali, qolaversa internet orqali Sizlarning saytlaringiz bilan hamnafas bo‘lgan WWW.muslimaat.uz saytidagi xijobga doir maqolalar orqali etkazganman, tushuntirganman va internetdagi maqolalarni qog‘ozga chiqarib o‘qib ham berganman. Xullas, to‘liq ma’lumot berganman. Shunga qaramay shayton kuchlilik qilib ayolimni yo‘ldan urdi. Mana bir oydir-ki ayolim onasining uyida yashayapdi. Xurmatli Shayx Xazratlari maslahatingizga mushtoqman. Ushbu voqea yuzasidan menga qanday yo‘l tutishni maslaxat berasiz. Ayolimga taloq beraymi, chunki umuman xijob kiyishdan bosh tortayapti yoki ochiq-sochiq ya’ni avratlari ochiq xolda yurishiga ruxsat berib, birga yashashga, dayus bo‘lib yashashga rozi bo‘laymi, hurmatli Shayx xazratlari siz nima deysiz? Savolimni bee’tibor qoldirmaysiz degan umiddan. Xurmat bilan Ashaddiy muxlisingiz Bobomurod. Alloxim Xammamizdan hayolan, harakatan qilayotgan ishlarimizdan rozi bo‘lsin Allohu Akbar!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh ayolingizga insofu tavfiq bersin. Sabr qilib, ishni yaxshilik bilan hal qilganingiz ma’qul. Alloh taoloning O‘zi yordamchi bo‘lsin!
29 Aprel 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh ayolingizga insofu tavfiq bersin. Sabr qilib, ishni yaxshilik bilan hal qilganingiz ma’qul. Alloh taoloning O‘zi yordamchi bo‘lsin!
29 Aprel 2022, 12:08 | Savol-javoblar | 182 | Oila va turmush