Xomiladorni ko‘rpaga aylantirish

Assalomu alaykum! Xozir xomiladorman tug‘rug‘imga yaqin qolmoqda. Atrofdan bemani irim sirimlar xaqida gaplar eshitib qolyapman. Tug‘ruq boshlanganda xomiladorni 2 kishi ko‘rpaga yotkizib dumalatishi kk ekan bola to‘g‘rlanar ekan. Esolomon tug‘ulib olsa yumalatgan kishilarni rozi qilish kk ekan. Pul ko‘tarib oqlik olib un olib yana shunaka amallari bor ekan. Agar to‘lg‘oqni kimdir begona ko‘rib qolsa dardini olib qo‘yarkan masalan dard boshlandi uyda begona qizcha yuripti shunda u dardi kelayotgan xomiladorni ko‘rsa qizchani o‘zi bilan raddomga olib ketish kk ekan yoki biror narsasini olib ketish kk ekan masalan zakolkachasi yo sumkachasini bo‘lmasa dardi shu qizcha bilan qolib ketarkan. Chuchvara ichkizish yana shunga o‘xshash juda ajoyib narsalar. Bu men uchun judaxam kulguli lekin aytgan odamlar bor narsa, rost, bular dinda bor deyshdi. Lekin isbot keltirtshmadi. Shuning uchun aniq fatvosini sizlardan bilmoqchi edim. Agar menda xam shunga o‘xshash amallar qilmoqchi bo‘lishsa qarshilik bildirishim kerakmi yoki gunox amal xisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bularning birortasi dinimizda yo‘q. Tibbiy jihatdan foydasi isbotlanmagan bo‘lsa, ularni tark qilishingiz afzal. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar