Eri ta’minlamasa iddani qanday o‘tiradi

Assalomu alaykum! Erim menga talog‘imni berdi afsuslar bo‘lsin. Idda xaqida eshitgandm. Sobiq erim farzandmni taminlamaydmi shuning uchun ishlashga majbur bo‘ldim. Ajrashgan ayol idda qilishi shart ekan deb eshitdm. Mening vaziyatimda bunday qilolmayman ishlashim kerak. Qanday yo‘l tutay, maslaxat bering iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar farzandingizning otasi sobiq eringiz bo‘lsa, shariat bo‘yicha iddangiz chiqquncha siz va farzandingizning nafaqasini, iddangiz chiqqandan keyin farzandingizning nafaqasini balog‘atga etguncha eringiz qilishi zimmasida vojib hisoblanadi. Agar farzandning otasi boshqa odam bo‘lsa unga vojib bo‘ladi. Lekin idda chiqqunsa sizning nafaqangizni sobiq eringiz qilishi kerak. Agar bosh tortsa gunohkor bo‘ladi. Eringiz nafaqangizni qilmasa, shariat bo‘yicha otangiz, aka-ukangiz va mahram erkaklar qilishi kerak. Bularning hech biri bo‘lmasa yoki qilmasa, o‘zingiz va farzandingizni nafaqasi uchun ishlasangiz bo‘ladi. Faqat idda o‘tirgan uyingizda tunashingiz shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar