Telegrammdan yuborilgan audio, video mahsulotlar

Assalomu alaykum! Sizlar tomondan yuborilayotgan Telegramm messenjeridagi, Saboqlari botidan kelayotgan audio va video ma’ruzalar tabiiyki telefonga yuklanadi, shu ma’ruzalarni mavzular bo‘yicha tartib bilan taxlab qo‘yib, yaqinlarimizga o‘tkazib bersak mumkinmi? Bu erda masala to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazish borasidadir.
Asosiy maqsad internet trafik miqdori cheklangan va telegrammga ulanish imkoni yo‘qlarning bu ma’ruzalardan bahramand bo‘lishini istashimizdir.
Javoblaringiz uchun oldindan Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ma’ruzalar aslida telegram qo‘llanuvchilari uchun osonlik yaratish, ya’ni disklarni xammasini sotib olish yoki ma’ruzalarni to‘liq yuklamaslik uchun tashkil qilingan edi. Telegrammi yo‘qlar uchun disk va boshqa uslubda ma’ruzalar nashr qilib qo‘yilgan. Dinimizni o‘rganish uchun sarf qilingan har bir “bit” va “baytlar” (trafik)ning, in shaa Alloh ajri bor. Unga 700 va undan ko‘proq barobarda ajr bergay Alloh taolo. Robbimiz barchamizning dinimizni ta’lim olishimiz yo‘lidagi himmatlarimizni baland aylasin. Vallohu a’lam! Ismoil Muhammad Yusuf.

26 May 2022, 13:54 | Savol-javoblar | 145 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar