Suvda oqib ketgan insonga janoza

Assalomu alaykum! Mening qarindoshim dekabr oyida Norin daryosida qayiqdan yiqilib oqib ketdi va haligacha topilmadi. Na o‘ligi, na tirigidan xabar bor. Ota-onasi va oilasi qidirmagan joy qolmadi. Daryo suvi tez va hozirgi kunda sovuq bo‘lgani uchun izlash deyarli imkonsiz. So‘ramoqchi bo‘lganim, janozani jasad topilgandan keyin o‘qiymizmi yoki hozir o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir odam xoh musofir bo‘lsin, xoh muqim bo‘lsin, biror imoratning tagida qolsa-yu, uni chiqarib olishning imkoni bo‘lmasa yoki chiqarib olguncha jasad hidlanib, chirib ketishi xavfi bo‘lsa, uning yaqiniga borib, janoza namozi o‘qiladi.وَالصَّحِيحُ أَنَّهُ لَا يُصَلَّى عَلَى قَبْرِهِ فِي هَذِهِ الْحَالَةِ لِأَنَّهَا بِلَا غُسْلٍ غَيْرُ مَشْرُوعَةٍ كَذَا فِي غَايَةِ الْبَيَانِ . وَقَالَ الْكَرْخِيُّ : يُصَلَّى وَهُوَ الِاسْتِحْسَانُ لِأَنَّ الْأُولَى لَمْ يُعْتَدَّ بِهَا لِتَرْكِ الشَّرْطِ مَعَ الْإِمْكَانِ وَالْآنَ زَالَ الْإِمْكَانُ فَسَقَطَتْ فَرْضِيَّةُ الْغُسْلِ ، وَهَذَا يَقْتَضِي تَرْجِيحَ الْإِطْلَاقِ ، وَهُوَ الْأَوْلَى نَهْرٌ«Sahih gap shuki, bunday holatda uning qabriga namoz o‘qilmaydi. Chunki, janoza g‘usulsiz mashru’ bo‘lmagan. «G‘oyatut tabyiyn»da shunday bayon qilingan. Imom Karxiy: «Unga namoz o‘qiladi. Bu istehsondir. Avvalgi masalada imkoniyat bo‘lib, shart topilmagani uchun e’tiborga olinmagan edi. bu erda esa, chiqarib olishning imkoni yo‘q. Shuning uchun g‘usulning farziyati soqit bo‘ldi. Bu mutloqni tarjih qilishni taqozo qiladi. Shunisi afzaldir» (Nahr, Roddul muxtor).Agar biror jasad topilgan vaqtda u hidlanib ketgan bo‘lsa-yu, chirib ketmagan bo‘lsa, imkoni boricha g‘usl qildirilib, unga janoza o‘qiladi. Agar jasad chirib, titilib ketgan bo‘lsa, undan g‘usl va janoza soqit bo‘ladi. Shuningdek, agar jasaddan go‘sht ajrab, faqat suyaklarning o‘zigina qolsa ham undan g‘usl va janoza soqit bo‘lib, biror toza matoga o‘rab, dafn qilinadi (Imdodul fatavo).لِأَنَّهُ لَا يُصَلَّى عَلَيْهِ بَعْدَ التَّفَسُّخِ ؛ لِأَنَّ الصَّلَاةَ شُرِعَتْ عَلَى بَدَنِ الْمَيِّتِ فَإِذَا تَفَسَّخَ لَمْ يَبْقَ بَدَنُهُ قَائِمًا «Chunki, o‘likka titilib ketgandan keyin janoza o‘qilmaydi. Janoza o‘likni badaniga o‘qilishi mashru’ bo‘lganligi tufayli. Titilib ketganda esa, badan qolmaydi». Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar