Ribodan sadaqa qilish

Assalomu alaykum! Menda yig‘ilgan ortiqcha mablag‘ mavjud. Lekin uni biznesga sarflab foyda qila olmayman. Ushbu mablag‘ni bankka qo‘yib, foydaning hammasini etim-esirlarga sadaqa qilsam, menga savob bo‘ladimi yoki gunohmi? Sadaqani olgan etim-esirlarga xarom emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etim esirlarga qasddan haromni edirish yaxshi ish emas. Qolaversa siz bu ishni qilsangiz quyidagi hadisda kelgan gunohni qilgan bo‘lasiz. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ. ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar.عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdulloh ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:16 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar