Soliq huquqbuzarligi

Assalomu alaykum! 1) Hozirda soliq mobayl ilovasida huquqbuzarlik haqida xabar berish funktsiyasi bor, bunda qonunbuzarlarga qo‘llanilgan jarima miqdorining 20% qismi huquqbuzarlik haqida habar bergan kishiga mukofot tariqasida beriladi. Huquqbuzarlik haqida habar berish joizmi? 2) Aynan shu ilovada chekdagi QR-kodni ro‘yxatdan o‘tkazganda sotib olgan narsalaringizni umumiy miqdoridan 1% keshbek beriladi. Ko‘pchilik haridorlar bu cheklarni do‘kon oldidagi chelakka tashlab ketishadi, bu cheklarni boshqa shaxs o‘z nomidan ro‘yhatdan o‘tkazib o‘sha keshbeklarni olishi qanchalik to‘g‘ri, ahir bu cheklar ham kimningdir haqqi emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunda adolat va to‘g‘rilik shart qilinadi.2). Xaridorning haqqi o‘ziga malum bo‘lganidan keyin tashlab yuborsa, uni olish joiz. Vallohu a’lam!
Quyidagi linkda berilgan savol javobni o‘qing: https://savollar.islom.uz/s/203048

13 May 2022, 09:26 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar