Yig‘ilib qolgan savollarim

Assalomu alaykum! 1. Meni tajvidim bor, yoshim 23da, qiroatim ham joyida. Masjiddan tashqari jamoatlarda doim imomlikka rag‘bat qilaman. Mendan kattalar bo‘lsa ham o‘zimni ulardan ustunroq dep bilganim uchun men imom utaman dep aytaman. Imom ilmli ekanligiga ishonchim komil bo‘lsa ergashib o‘qiyman. Agar o‘sha jamoatda imomlikka tajvidi yo‘q yoshi ulug‘ o‘tsa, menga topshirilmasa, men nima qilishim kerak? 2. Agar masjidga jamoatdan kech qolib kelib bir o‘zim farz namozini 1-rakatini ado etib bo‘lganimda, menga o‘xshab kechikganlar 5-6 kishilik jamoat hosil qilishsa unda nima qilish kerak? O‘tgan safar namozni kelgan joyida tugatib ularga borib qo‘shildim. 3. Men sirtqi ta’lim olaman. Yaqinda o‘qishga boraman. O‘qish uch hafta ya’ni 21kun bo‘ladi. Men qasr qilib o‘qiymanmi yoki to‘liqmi? Oktabrda ham 2hafta o‘qib keldim 14kun. Unda qasr qilib o‘qidim. 4. Musofir bo‘lib turganda masjidga borsa jamoat bo‘lsa hammaga qo‘shilib o‘qiydimi? Yo alohida musofir namoz o‘qiydimi? 5. Musofir namoz uqiyotgan bo‘lsa orqasidan mahalliy odamlar kelib safga turib olishsa nima qilish kerak. Namozni tugatib ularga qanday ko‘rsatma berish kerak? O‘tgan safat tushunmovchilik bo‘lib qoldi. 6. Hozirgi kunda havo sovib qoldi. Katta va kichik hojatdan keyin suvsiz qogoz bilan istinjo qilayapman. Bir do‘stim qog‘oz bo‘lmaydi, faqat kesak bo‘lsagiga bo‘ladi demoqda. To‘g‘ri hukmni aytsangiz! 7. Ota masjitda jamoatga e’lon berishi mumkinmi mana bunday dep: "Qizim namoz o‘qiydi, yoshi falonchida. Uzatmoqchimiz, namoz o‘qiydigan ilmli yigit bo‘lsa turmush chiqaman deyapti, shu jamoatda namoz o‘qiydigan qizga uylanaman dep qasd qilgan yigitlar bo‘lsa, men bilan kelib suhbatlashsin nomerim falonchi" shu to‘g‘ri bo‘ladimi? Va shuni aksini yigitni o‘zi ham jamoatdan talab qilishi joizmi, namozxon qizlaringiz bormi deb? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Alohida o‘qishingiz kerak. 2). To‘g‘ri qilibsiz. 3-4-5). Fiqh uz saytida safar kitobi bor. O‘shani o‘qing. 

https://fiqh.uz/maqola/5826). Qog‘oz bilan qilsa bo‘ladi.7). Joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar