Otamni jiyanlari bilan aloqasi

Assalomu alaykum! Gap shundaki, bir necha yil oldin otam va amakimni o‘g‘illari o‘rtalarida nizo chiqib yuz ko‘rmas bo‘lib qolishgan. Otam jiyani kelib uzur so‘ramagunicha kechirmasliklarini, jiyanlari esa meni qattik xaqoratlaganlar deb uzur so‘ra ololmasliklarini ta’kidlashmoqda. Qarindoshlar o‘rtasida ikkovlarini yarashtirish uchun harakatlar bo‘lsada besamar bo‘lmoqda. Otam boshqa ukalarini “vaziyatni o‘nglash uchun xarakat qilmayobsizlar” deb norozi bo‘lib, meni va onamni ular bilan bordi-keldi aloqalarini to‘xtatishga buyurmoqdalar. Otamni ushbu qarorlari shar’iy xukum bo‘yicha to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikkovlarining bir birlariga kekkayishidan oxir oqibat do‘zaxga sazovor bo‘ladilar. Afsus ramazon oyi o‘tib ketdi, bu oyda Alloh taolo barchaning gunohini mag‘firat qilishini va’da qilgandi. Kek saqlaganlar bundan mustasno. Musulmonlikni da’vo qilsalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi ko‘rsatmalariga amal qilsinlar. وعن جابر رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال سمعت رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: إن الشيطان قد يئس أن يعبده المصلون في جزيرة العرب، ولكن في التحريش بينهم رَوَاهُ مُسْلِمٌ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Shayton arab jazirasida namoz o‘quvchilar unga ibodat qilishlaridan umidini uzdi. Lekin o‘rtalariga fitna soliib, bir-biriga teskari qilishdan umidini uzgani yo‘q” dedilar. Muslim rivoyati. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قال، قال رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم: لا يحل لمسلم أن يهجر أخاه فوق ثلاث، فمن هجر فوق ثلاث فمات دخل النار رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد على شرط البخاري ومسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Kim yarashmasdan uch kundan keyin vafot topsa, do‘zaxga kiradi” dedilar. Abu Dovud rivoyati. عن أبي خِرَاشٍ حدرد بن أبي حدرد الأسلمي، ويقال: السلمي الصحابي رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أنه سمع النبي صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم يقول: من هجر أخاه سنة فهو كسفك دمه رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد صحيح Abu Xirosh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kishi birodarini bilan bir yil gaplashmay yurishi uni qonini to‘kish kabidir” deyyotganlarini eshitdim – dedi. Abu Dovud rivoyati. عن أبي هريرة رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أن رَسُول اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم قال: لا يحل لمؤمن أن يهجر مؤمناً فوق ثلاث، فإن مرت به ثلاث فليلقه وليسلم عليه، فإن رد عليه السلام فقد اشتركا في الأجر وإن لم يرد عليه فقد باء بالإثم، وخرج المسلِّم من الهجرة رَوَاهُ أبُو دَاوُدَ بإسناد حسن Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Mo‘min kishiga o‘z birodarini uch kundan ortiq (gaplashmasdan qo‘yib) tark qilishi halol bo‘lmaydi. Uch kun o‘tganidan keyin birodari bilan ko‘rishsin, unga salom bersin. Agar salomiga alik olsa, savobga sherik bo‘lishadi. Agar alik olmasa gunohi zimmasiga bo‘ladi, salom bergan ginachilikdan chiqqan bo‘ladi. Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar