Alloh osmondami?
Assalomu alaykum! Bir birodarim bilan tortishib qoldik,birodarim Alloh osmonda, Arshning ustida dedi man unga Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning quydagi so‘zlarini: ""Allohning makoni bor deyilsa, deydi ahli sunna va jamoa mazhabi ulamolari U zotni chegaralab qo‘yilgan bo‘ladi. Dunyodagi barcha narsalarni jumaladan makonni ham Alloh taolo yaratgan. Agar unga makon nisbati berilsa, o‘zi yaratagan narsaning ichiga kirgan bo‘ladi. Bu esa, Alloh taologa mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Ba’zi toifalar Qur’oni Karim va hadislarda kelgan matnlarga sirtdan ma’no berib, Alloh Arshning ustida, osmonda, deydilar. Ammo bu gapni ahli sunna va jamoa mazhabi rad etadi."" aytsam noto‘g‘ri Ahli sunna emas Ashariy va Moturudiylar shunday deydi, jumhur ulamolar Alloh osmonda Arshning ustida degan deb so‘zlariga dalil qilib Qur’ondagi "Istivo" kalimasini dalil qilib keltirdi. Man mazhabboshilar "Istivo" kalimasini ma’nosini Alloh biladi deyishgan, sifatlashmagan dedim. Shunga savolim Jumhur ulamolari nazdida Alloh osmonda Arshning ustida deyiladimi? Moturidiylar ahli sunnaga hilof qilishganmi? Ustozlar iltimos shu haqida kengroq tushuntirib bersangiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga bitta javob. Alloh bor edi, Allohdan o‘zga hech qanday narsa, makon, tepa-past, o‘ng-chap, oldi-orqa yo‘q edi. Alloh hozir ham o‘shandek. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:36 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga bitta javob. Alloh bor edi, Allohdan o‘zga hech qanday narsa, makon, tepa-past, o‘ng-chap, oldi-orqa yo‘q edi. Alloh hozir ham o‘shandek. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:36 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda