Ish boshlashdan oldin ehson

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar,  men o‘z tadbirkorlik faoliyatimni boshlash arafasidaman, sizlarga savolim quyidagicha.
Men ish joyimda qon chiqarib xo‘roz so‘yib qurbonlik qilmoqchiman va ushbu so‘yilgan xo‘rozni yaqindagi masjidga oborib ehson qilmoqchiman. Buni ishlarimni barokatli qilishini Allohdan so‘rab duo qilib berishlari uchun qilaman.  Shu ishim o‘rinlimi?  Bu borada dinimizda qanday yo‘l yo‘riqlar bor? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har bir ishingizni shariatga muvofiq holda boshlashni maqsad qilishingiz bu ulug‘ ne’mat. Alloh taolo boshlayotgan ishingizga barakot ato etsin. Lekin qurbonlik kunlaridan tashqari kunlarda qurbonlik deb jonliq so‘yish shar’an joiz emas. Xususan xo‘roz kabi narsalarni qurbonlik qilish joiz emas. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/86539 https://savollar.islom.uz/savol/24578

26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar