Baliq turkumiga kiradimi?
Assalomu alaykum! Men shu sayt orqali bir javobni o‘qigandim javob mantni quyidagicha "Baliqdan o‘zga dengiz mahsulotlarini eyish joiz emas". Savolim shundan iboratki baliqdan boshqasi mumkinmas bo‘sa, bizda seu degan taom bor. Yana ko‘p xilliklar bor barchasini hatto dinni qattiq ushlagan odamlar eydiku. Qanday bunaqa bo‘lishi mumkin? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Baliqdan o‘zgadan bo‘lgan dengiz mahsulotini emaslik faqat hanafiy mazhabigagina tegishli. Boshqa mujtahid imomlarga ergashgan musulmonlar o‘sha mujtahidning gaplariga asosan iste’mol qilaveradilar. Mazhablar orasida sanoqli biri halol desa boshqasi harom degan masalalar bor. Baliqdan boshqa dengiz hayvonlari shular jumlasiga kiradi. Har bir mujtahidning aytgan gaplariga oyat va hadisdan hujjatlari bor. Bu erda gap qaysi mujtahidni dalilini olish qolgan xolos. Diyorimiz ulamolari Abu Hanifa rahmatullohi alayhning tadqiqotlarini olganlari uchun ularni iste’molini joiz emas deydilar. Boshqa mazhabdagilarning eyishlarini harom ham demaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:58 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom