Shogirt haqi

Assalomu alaykum! Men rassiya qurilishda ishliman. Qurilishda g‘isht uraman yonimda yaxshi bilmaydigon sheriklarim bor. Ular xam bladi meni ustaligimdi ulardan ustunligim; til bilaman, ishdi zo‘r bilaman, materialdi oldiga opkeltirib beraman, chertoj yani sxemasi bo‘yicha 1 qator urib ko‘rsatip beraman va o‘sha urgan devorini topshiraman o‘ris prarap va texnazorga. Ulaga yoqmasa gap xam eshitaman. O‘zim ulardan ko‘p ishliman u ishlardan ortip. Savolim shu bolardi oyligidan 5-10% kam bersam menga shu xalolmi yoki xarom?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchilar kim bilan kelishuv qilib ishni qabul qilishgan bo‘lsa, o‘sha kelishilgan pulni o‘sha shaxsdan to‘liq olishga haqlidirlar. Uni hech kim kamaytirishga, yoki o‘ziga olib qolishga haqli emas. Agar ishni siz qabul qilib olgan bo‘lsangiz va uni o‘zingiz bajarmay boshqalarga bajartirayotgan bo‘lsangiz, ishni bajarish mas’uliyati sizning zimmangizda bo‘lsa, ish egasidan kelishilgan pulni olib boshqalarni xohlagan narxingiz evaziga ishlatishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 09:59 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar