Uylanish yoki ish
Assalomu alaykum! Yoshim 26 da uylanishga bo‘lgan ishtiyoqim sustlashib ketgan ancha. Uylanish menga farz bo‘lgan shekilli faxsh vidyo ko‘rishgacha borayapman. Avallari uylanishga rossa qiziqardim taqvo qilar edim qalbda ajib his bor edi. Endi bo‘lsa oila qurish meni qo‘limdan kelmaydiyov deb o‘ylayman. Qo‘limda na hunarim na kasbim bor. To‘ylarga chiqmayman bizlarni tarafda tushunishmaydi do‘stlarim ham kam iloji boricha noshariy ishlardan o‘zimni olib qochaman. Juratsizman qattiyatim yo‘q. Oilada bitta o‘g‘ilman. Ayolimga zulm qilib qo‘yishlikdan qo‘rqaman felim og‘ir taqvodor soliha hohlayman lekin uzim munosib emasman. Kundan kun uylanish yoqmay qolayapti. Ustoz maslahat bering nima qilay? 3D max ni o‘rganmoqchiman. Uylanayinmi yoki ishni boshini tutaymi. O‘zim bir ishni tutib keyin uylanmoqchiman axir kim ham qo‘lida hunari ishi yo‘q odamga qiz berardi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon topib tezroq uylaning. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon topib tezroq uylaning. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 09:48 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush