Qur’on karim

Assalomu alaykum! Onajonim o‘g‘lim ishlarizi rivojini bersin dib Qur’on boshladim Xudo xoxlasa tugatsam sizga bag‘ishleman duo qilib siz uchun o‘qiyapman deyishti. Shu narsa mumkunmi mumkun bo‘lsa qanaqa bo‘ladi? Keyin man uchun boshlagan bo‘salar mandan boshqalarniyam duo qilishlari mumkunmi yoki faqat o‘zim uchun boshlaganlari uchun faqat o‘zimmi duo qilishlari keremi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karimning tilovatidan hosil bo‘lgan savobni sizga hadya qilishni nazarda tutgan bo‘lsalar, bu ish joizdir. Sizdan boshqalarni ham duo qilsalar bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar