396 Savol bo‘yicha

Assalomu alaykum! Man ayolim bilan tortishib qildim, jaxl ustida "Siz bilan yashamayman ajrashaman dedi". Man unga javoban bunday gaplarni o‘ylab gapirishi uchun, sezdirish maqsadi bilan "javob ketsang ketaver dedim" lekin u uyiga ketmadi, osha kuniyoq yarashib ketdik. Kelishmovchilik bo‘lgan kuni uning hayz davri edi. Holat bo‘yicha yashash joyimdagi va ish joyimdagi masjidlarning ilm ahillaridan so‘radim ularning ikkitasi "taloq niyyatda aytmagan bolsanggiz taloq tushmaydi" deb javob berishdi. Lekin ulardan biri "qayta nikoxlatib olganiz yaxshi gumondan uzoqda bo‘lasiz" dedi. Shundan so‘ng man birinchi ilm ahillaridan borib qayta soradim. U kishi " o‘zaro kelishmovchilikdan so‘ng sizlar yarashib ketgansizlar shuning uchun raji’y taloq bo‘lgan" deb javob berdi. Gumon uchun qayta nikox qilish shart emas deb javob berdi. Ushbu holatda shariyat bo‘yicha to‘g‘ri yo‘l tutdimmi, yoki qayta nikoxlatib olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta nikoh o‘qitib oling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 141 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar