Yonib o‘lish

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilganlaridek quyidagi kimsalar shahidlik maqomiga ega bo‘ladilar: «Vaboga yo‘liqib o‘lish, suvga cho‘kib o‘lish, qorin og‘rig‘i bilan o‘lish, olovga kuyib o‘lish, ayollar nifos paytida, ya’ni bola tug‘ayotganida o‘lishi ummatimning shahidligidir!» (Suyutiy «Jome’ as-sag‘ir» 3/5334; «Jam’ ul-javome’» 1/93) Bu hadis umumiy ummat uchun nozil bo‘lgan, albatta. Lekin tarixda (sahobalar, anbiyolar, shayhlar, solih kishilar) yoki hozirgi kunda solih kishilardan yonib, shaxidlik maqomida o‘lganlardan kimlarni bilsak bo‘ladi? Onam hech bir solih insonning oxiri yonib vafot topmagan degan da’voni qildilar. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizga ma’lumotning nima foydasi bor. Bu hadis o‘zingiz aytganingizdek umumiy ummat uchun aytilgan, shuning uchun kuyib vafot etgan musulmonga shu maqom beriladi. Shuning o‘zi kifoya, undan ortig‘ining inkor qilish ham, tasdiqlash ham shart emas. Bundan foydaliroq masalalarga vaqtlaringiz, shuningdek boshqalarning ham vaqtini sarflashga harakat qilinglar. عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من حسن إسلام المرء تركه ما لا يعنيه" حديث حسن رواه الترمذي وغيره  Ya’ni Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kishi o‘ziga keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilishi, Islomining go‘zal ekanligining alomatidandir” dedilar. 
(Termiziy va boshqalar rivoyati).
Agar bu ma’lumot sizning dinu-dunyoingizga zarracha bo‘lsada foyda keltirganida edi, ulamolarimiz buni albatta kitoblarda yozib qoldirgan bo‘lar edilar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 181 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar