Zulm bo‘lib qolmaydimi
Assalomu alaykum! Men 7 oy davomida Toshkentdagi "Algorithm gateway" kompaniyasida ishladim. Ishni avvalida onlayn ishlaganligimiz sababli to‘liq stavka ishlasak ham yarim stavkaga etarli oylik to‘ladi. Ha mayli deb sabr qilib ishlashda davom etdim. Keyin sharoitlar yaxshi bo‘lmaganligi, oylik maosh o‘z vaqtida berilmaganligi sababli u erda ishlashga uncha qiziqish qolmagan edi. Keyin ish beruvchimiz bilan kelisha olmay qoldik. Oyliklarni xar oyning 8-kuni tashab berishga kelishilgan men 10-kuni ishdan bo‘shaganman, oyliklar yana kechikanligi sababli boshqa bollarga tashlab bergan kuni sizga ham tashlab beraman dedi. Lekin boshqa bollarga tushgan kunda tashlab bermadi. 1 oyga yaqin vaqt o‘tganidan keyin bir qismini tashlab berdi. Qolgan qismini haligacha bergani yo‘q. Ha mayli qolgan qismini qiyomatda olaman deb qo‘ygan edim. Lekin bilsam mendan keyin ketgan bollarga ham tashlab bermayotgan ekan. Men bilan avval ishlagan 4 kishini ham bir qancha haqlari qolib ketgan. Savolim shundan iboratki ijtimoiy tarmoqlarda shu firmada oyliklarni o‘z vaqtida to‘lamasligi haqida yozsam, dasturchi tanishlarimni bu haqida ogohlantirib qo‘ysam, firmaga nisbatan zulm qilgan bo‘lmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqqingizni qiyomatga qoldirmasdan hozir olishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz haqqingizni qiyomatga qoldirmasdan hozir olishga harakat qiling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar