Ishxonadagi ishlarni aytsam chaqimchilik emasmi
Assalomu alaykum! Men davlat tashkilotida ishlayman, idoramizga juda ko‘p odamlar ishi bilan kelib ketishadi ba’zilari qalbaki hujjat qilib berishni so‘rashadi, Allohdan qo‘rqqanim uchun ularga qatiyy yo‘q deb aytaman, ammo bir ham kasbim bor, qonunga zid bo‘lsada, "Alloh" dan yashirolmaydi, qolgan hammadan yashirib qilib beradi, keyin men qaytargan odamlar menga aytishadi sen bo‘lmaydi deganding u qilib berdi deb. Bu ishlarini ba’zisi odamlar foydasiga ba’zisi zarariga ishlashini bilsada ulardan pul olib qilib beradi. O‘zim ko‘rmadim qilganini yoki pul olganini, eshitganman ba’zilar olib kelsam ko‘rasanmi yo‘q degan ishingni bo‘lganini deganlar ham bor. Savolim shuki? Bu holatga indamasam qiyomatda men unga sherik bo‘lgan hisoblanamanmi, yoki uni kerakli joyga aytsam chaqimchilik qilgan bo‘lmaymanmi, chunki oilada 2 ta nogiron ukasi bor, yolg‘iz boquvchi o‘zi. Vaqtingizni olganim uchun uzr so‘rayman, javobingiz uchun katta raxmat. Kuch va qudrat faqat "Alloh"nikidir
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval o‘ziga aytib ogohlantiring bu ishlarini to‘xtatsin. Agar xulosa qilmasa tegishli joyga ayishingiz mumkin. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: «Munkar ish» deganda din, shariat tomonidan inkor qilingan yomon ish tushuniladi. Chin mo‘min inson o‘z jamiyatida bo‘layotgan munkar ishni ko‘rib-bilib turib, befarq qola olmaydi. Mo‘min kishi munkar ishni ko‘rganida uch holatdan birida bo‘lishi mumkin, xolos:
1. «Munkar ishni qo‘li bilan qaytarish».
Bu «kuch ishlatib» degan ma’noni bildiradi. Ya’ni bo‘layotgan yomon ishni to‘xtatish, uni qaytarish uchun kuch sarflasin. Bu ko‘proq qo‘lida hukmi bor, imkoni bor mo‘minlarga tegishli bo‘ladi. Yana munkarni qaytarishdan oldin holatga qaraladi. Har qanday shaxs aralashsa bo‘ladigan, kuchi etadigan ish bo‘lsa, albatta, o‘sha odamga bu munkarni kuch bilan qaytarish vojib bo‘ladi.
2. Munkar ishni tili bilan qaytarish.
Bu qo‘li bilan qaytarishga qodir bo‘lmaganlarning ishi. Bu ish ikkinchi navbatda, birinchisiga qodir bo‘lmagan taqdirdagina joriy bo‘ladi. U vaqtda mo‘min-musulmon odam tili bilan gapirib, munkar ishning yomonligini bayon etadi, uni qilmaslikka chaqiradi. Bu ish har bir imkoni bor mo‘minga vojibdir. Iymoni taqozo qilgan burchdir. Lekin gohi vaqtlarda zulm, tazyiq haddan oshib, og‘iz bilan gapirgan mo‘minga zarar etishi, uning joniga, shaxsiga va boshqa tomonlariga tahdid solinishi mumkin. Bunday noiloj holda qolgan odam so‘nggi, uchinchi darajaga tushishga majbur bo‘ladi.
3. Munkar ishni dili bilan qaytarish.
Chin dildan «shu ish bo‘lmasligi kerak edi, ammo, ming afsuski, bo‘ldi. Bu ishni qo‘lim bilan o‘zgartirishim kerak edi, ammo qila olmadim. Bu ishni hech bo‘lmasa tilim bilan o‘zgartirishim kerak edi. Ammo buni ham qila olmadim. Endi dilim bilan inkor qilishdan boshqa choram qolmadi», deyiladi. Bu esa eng zaif iymon bo‘ladi. Bundan ham zaif iymon bo‘lishi mumkin emas. Buni ham qilmasa, o‘sha zaif iymon ham qolmaydi. Iymoni kuchli mo‘minlar esa hech narsadan qo‘rqmay, munkar ishni o‘z vaqtida inkor qiladilar.
Bu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Munkar ishlarga nisbatan murosasiz bo‘lish.
2. Imkoni bo‘lsa, munkar ishni qo‘l bilan qaytarish, o‘zgartirish.
3. Qo‘l bilan qaytarishning imkoni bo‘lmaganda munkar ishni til bilan qaytarish.
4. Qo‘l bilan ham, til bilan ham qaytarishning imkoni bo‘lmaganda dil bilan qaytarish.
5. Munkar ishni dil bilan qaytarish eng zaif iymon ekanligini anglash.
Bu hadisning hikmatlari va insoniyatning mazkur hikmatlarga ehtiyoji haqida qancha gapirsak, shuncha oz. Chunki, yomonni yomonlik qilishdan qaytarmaslik har qanday jamiyatni, bora-bora butun insoniyatni halokatga olib borishi turgan gap. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 136 | Halol va harom