Kafe barlarga narsa yasash

Assalomu alaykum! Bizning korxona zakazga mebel ishlab chiqaradi. Bizga xar xil kafe restoranlar (aroq va o‘yin kulgusi bor) va banklardan zakazlar bo‘lib turadi va ularga mebel yasab beramiz. Savolim biz ularga mebel sotib haqqimizni olamiz. Shu topkan pulimiz halolmi, chunki ularning daromadligi Alloh harom qilgan ribodan va mast qiluvchi ichimliklardan topilgan daromad xisoblanadiku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom narsa uchunligini bilib turib yasab berishingiz gunohiga sherik bo‘lishga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 145 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar