Asr namozini vaqtidan oldin o‘qish

Assalomu alaykum! Meni bir tanishim namoz vaqtlari kirishidan 10-15 daqiqa oldin o‘qib yuboradi. Masalan Asr namozining vaqti 16:47 bo‘lsa 16:37 larda o‘qib yuboradi. Shunda asr namozi o‘qigan bo‘ladimi yoki nafl namoziga kirib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir namozning o‘z vaqti bor. O‘sha vaqtdan avval o‘qisa durust bo‘lmaydi. Alloh taolo "Niso" surasida marhamat qiladi: قَالَ اللهُ تَعَالَىإِنَّ الصَّلاَةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَّوْقُوتًا103. «Namozni to‘kis ado etinglar. Albatta, namoz mo‘minlarga vaqti tayin farz bo‘lgandir», degan.
Bu oyati karima namozning farzligi haqidagi oyatlarning biri bo‘lib, undagi namozni to‘kis ado etish haqidagi buyruq farzni ifoda etadi. Namozning vaqti tayin qilinib, farz etilganligi esa uni o‘z vaqtida ado etish lozimligini anglatadi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:43 | Savol-javoblar | 267 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar