Islomiy salon

Assalomu alaykum! Muslimalar uchun shariat doirasidan chiqmagan xolda islomiy salon ochish mumkinmi? Masalan yuz parvarishi uchun niqoblar, soch parvarishi uchun niqoblar, muslima kelinlar uchun liboslar, qo‘lga xina chizish. Shu kabi narsalarni yo‘lga qo‘ygan xolda ochish mumkinmi? Bundan topilgan pul xalol buladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida siz aytgandek qilinsa joiz. Siz salonda shariatga muvofiq holatda shariatga muvofiq narsalarni ishlating, sizni oldingizdan chiqqanlaridan keyin shariatga amal qilishni aytib turing. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar