Mozorga qarab yoki mozor ichida namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Mozorga qarap yoki mozor ichida namoz o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mozorning tashqarisida bo‘lsa, zarari yo‘q. Mozorning ichida namoz o‘qish makruh hisoblanadi. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اْلأَرْضُ كُلُّهَا مَسْجِدٌ إِلاَّ الْحَمَّامَ وَالْمَقْبَرَةَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالْحَاكِمُ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Erning hammasi masjiddir. Faqat hammom va maqbara bundan mustasnodir», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy va hokim rivoyat qilishgan.
Sharh: Er yuzining barchasi musulmon ummati uchun masjid ekani haqida oldin ham aytilgan edi. Bu hadisda umumiy hukmdan ikki joy mustasno ekani ma’lum bo‘lmoqda:
1. Hammom.
Chunki hammom odamlarning kirlari to‘kiladigan joydir. Shuning uchun u erda shaytonlar ko‘p bo‘ladi. Albatta, ana shundoq nomunosib va nopok joyda namoz o‘qish mumkin emas.
2. Maqbara.
Qabriston o‘liklar makoni bo‘lib, eri najasga aylangan bo‘ladi. Qolaversa, avvalgi hadislarda kelganidek, qabrlarni masjid qilib olish shirkka sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Hanbaliy mazhabi bo‘yicha uchtadan ortiq qabr bor joyda namoz o‘qish harom hisoblanadi.
Hanafiy mazhabida maqbaradagi namoz makruh. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 139 | Namoz