Olim omiga iqtido qilishi

Assalomu alaykum! Uztoz Qur’oni tajvid qoidasi bilan o‘qiy oladigon odam namoz uchun masjid yoki shunga o‘xshash jamoat ustidan chiqsa va imomlikda turgan odam kril harflar orqali suralarni yodlagan bo‘lsa jamoatga iqtido qilib o‘qiydimi yoki alohida o‘qishi kerakmi? Fiqh kitoblarida tajvidsiz odam namoz o‘qiyotganda qori odam iqtido qilsa namozi buziladi deb o‘qigandim. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri o‘qibsiz. Aslida fuqaholar bu borada ikki hil fikrni aytganlar. Ba’zilari iqtido qilganni ham deganlar, chunki imom qodir bo‘laturib tajvidli qorini iqtidosini tark qildi, tajvidli qori esa namozga yaroqsiz qiroatga iqtido qildi. Ba’zilar esa iqtido qiluvchining o‘zini namozi fosid bo‘ladi deganlar. Hozirgi kunda ikini gapni olingan. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar