Namoz o‘qiysanmi deb so‘rash

Assalomu alaykum! 1) Men bir narsa juda ko‘pdan beri ya’ni namoz o‘qishni boshlaganimdan beri qiynab keladi, ya’ni mendan birov namoz o‘qiysanmi deb so‘rasa negadir aytgim kelmaydi o‘zimni juda boshqacha his qilaman, yana birov buni bilishini xoxlamayman huddi qancha odam bilsa savobi shuncha kamayganday bo‘laveradi, keyin shu odamlar uyga kelib qosa namoz vaqti bo‘lib qolsa o‘qigan namozim riyodek bo‘lib tuyuladi o‘zimga. Namozxon kishining namozi so‘ralganda o‘zini qanday tutushi kerak? 2) Namozxon kishidan bomdodingni va boshqa namozlaringni o‘qidingmi deb so‘rash qanchalik to‘g‘ri? Axir namozni qazo qilish katta gunoxlardan uni oshkor qilish ham bir gunox emasmi?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Farz namozlarni ado qilishingiz va buni boshqalarga bildirishingizning zarari yo‘q. Riyoni qasd qilmasangiz bas.Ushbu maqolani o‘qib chiqing: https://islom.uz/maqola/11732). Bu o‘sha gapni aytuvchining niyatiga bog‘liq. Ibodatni eslatib qo‘yish e’tiboridan aytsa, hech qanday zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:10 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar