Zakotni ijaraga to‘lash

Assalomu alaykum! Maxallamizda bir qiynalgan oila bor. Shu oilaning kenja o‘g‘li uylanish arafasida. Uydagi sharoitdan kelib chiqgan xolda, unga, uylangandan kegin, aloxila yashashi uchun ijaraga uy olib bermoxchi edik. Savol: ijaraga olib beriladigan uy pulini, kelasi yildagi zakotimizdan deb, niyat qilib, to‘lab borsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelasi yilning zakotidan bersangiz bo‘ladi. Lekin siz to‘lab borishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki zakotda tamlik – mulk qilib berish sharti bor. Ya’ni zakotni olgan kishi uni mulki sifatida o‘zi xohlaganicha ishlatish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Siz o‘sha yigitning o‘ziga bersangiz, u to‘lasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:11 | Savol-javoblar | 188 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar