Bog‘chalardagi import go‘shtlar

Assalomu alaykum! Xozirgi kunda xar bir muassalarida bolalar oziq ovqati olishda mol go‘shtini bir qismini import go‘shtdan olishga majburlanyapti. Ukraina, Belarussiya, Brazilya shunga o‘xshash musulmon bo‘lmagan davlatlardan keltirilgan go‘shtlar. To‘g‘ri bundan maqsad davlatimiz uchun oziq-ovqat xafsizligini va narxlarni oshib ketmasligini ta’minlash va yana gigenik xolati yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin bu go‘shtlar xalol ekanligiga xalollab so‘yilganiga xech kim kafolat bera olmaydi. Savolim biz ota onalar farzandlarimizni xalolligi kafolatlanmagan go‘shtlarini eb qo‘ymasligi uchun bog‘chalarga borishini to‘xtatishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Go‘sht shubhali bo‘lsa, uyingizda taom tayyorlab berib yuborsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 12:33 | Savol-javoblar | 170 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar